Bitiruvchi kurs talabalari o‘zaro tajriba almashdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida bitiruvchi kurs talabalarining o‘zaro fikr hamda tajriba almashishini ta’minlash maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida fakultetdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalari amaliyot davomida to‘plagan tajribasi asosida darslarni zamonaviy interaktiv usullarda o‘tish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishga harakat qilishdi.
Albatta, bunday amaliy tadbirlar talabalarning bilimlarini mustahkamlash bilan birga raqobatbardosh pedagog kadrlar bo‘lib chiqishi uchun muhim hisoblanadi.
Seminar o‘zaro fikr-mulohazalar bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
