Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan pedagog va mutaxassis xodimlar o‘rtasida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Institutning registrator ofisi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasi ham juda qizg‘in va do‘stona ruhda davom etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Institutda bayramga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.