Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekanati vakillari, professor-o‘qituvchilar, kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi o‘rni, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi o‘ziga xos roli, shuningdek, kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

NukusDPI matbuot xizmati.