Kiberjinoyatlarning oldini olish – bugungi kunning dolzarb masalasi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda institut profilaktika inspektori Miyrigul Narimbetova, fakultet dekani o‘rinbosari Ikram Zarlikov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida internetdan foydalanish madaniyati, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik holatlarining oldini olish kabi masalalar muhokama qilinib, kiberjinoyatchilarning turli hiylalariga aldanib qolmaslik uchun tegishli ko‘nikmalar berildi. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka olib keluvchi omillar, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Targ‘ibot uchrashuvida profilaktika inspektori tomonidan keltirilgan hayotiy misollar va videomateriallar orqali talabalar o‘rtasida ogohlikni oshirishga xizmat qiladigan tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berilib, tegishli targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Institutda bu boradagi uchrashuvlar fakultetlar kesimida davom etadi.

NukusDPI matbuot xizmati.