“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun, 12-noyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida o‘tkazilgan sport musobaqalarida talabalar stol tennisi, yengil atletika, mini futbol, voleybol va stritbol bo‘yicha yakkalik hamda jamoaviy tarzda qatnashib, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimiz, jumladan, yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida so‘zlab berdi.
Shunday qilib, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari hamda sovrindorlariga darajali diplomlar va sport formalaridan iborat sovg‘alar topshirildi.
G‘oliblar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
