NukusDPI talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishdi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 12-noyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Institut talaba-yoshlari sport musobaqalarida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratlarini namoyish etib, yuqori natijalarga erishdi.

Xususan:

– Voleybol bo‘yicha talaba erkaklar jamoamiz 1-o‘rin;

– Mini futbol bo‘yicha talaba erkaklar jamoamiz 2-o‘rin;

– Voleybol bo‘yicha talaba qizlar jamoamiz 3-o‘rin;

– Stritbol bo‘yicha talaba erkaklar jamoamiz 3-o‘rinni egalladi.

Voleybol bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan talaba erkaklar jamoamiz respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

NukusDPI matbuot xizmati.