Milliy liboslar – milliy o‘zligimiz ko‘zgusi

Xabaringiz bor, haftaning juma kuni respublikamiz bo‘ylab “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanib, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlarga hurmat ko‘rsatiladi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti tomonidan tashkil etilgan “Milliy liboslar – milliy o‘zligimiz ko‘zgusi” mavzusidagi tadbirda talaba-yoshlar turli millat vakillarining milliy liboslarini kiyib, targ‘ibot ishlarini olib bordi.
NukusDPI matbuot xizmati.
