Rektor tabrigi

Qadrli talabalar!
Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman!
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor – ertangi kunimiz bo‘lgan sizning muvaffaqiyatlaringizga ishonchning yorqin ifodasidir.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan minglab iqtidorli yoshlar – bugungi jamiyatning eng faol qatlami, kelajakning bilimli o‘qituvchilari, pedagogika sohasi taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan fidoyi mutaxassislardir.
Sizning har bir izlanishingiz, har bir muvaffaqiyatingiz – nafaqat institutimiz, balki butun yurtimizning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
Hurmatli talabalar!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, o‘qishlaringizda ulkan yutuqlar, ijodiy parvozlar va ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman.
Hurmat bilan,
Alisher Ubbiyev,
Nukus davlat pedagogika instituti rektori.