“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi

Poytaxtimiz Nukus shahridagi “Yashil bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi maxsus tayyorlangan 10 gektarlik yer maydonida bu yilgi “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi.

Tadbirda muassasa, korxona va tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Atrof-muhitni yashil hududga aylantirish orqali aholining farovon hayotini ta’minlashni maqsad qilgan ushbu loyihada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidan 100 dan ortiq talaba-yoshlar va mas’ul xodimlar faollik ko‘rsatdi.

Tadbir ishtirokchilari belgilangan joylarga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.

NukusDPI matbuot xizmati.