“Kelajak soati”: NukusDPIda “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida “Ma’rifat darslari” o‘tkazilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni ostida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat darsi”ning 12-soni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligiga bag‘ishlandi.
“O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida tashkil etilgan dars davomida professor-o‘qituvchilar, pedagog xodimlar, tyutorlar va boshqa mutaxassislar tomonidan mamlakatimiz bayrog‘ining davlat ramzi sifatidagi o‘rni va roli, uning ahamiyati, bayroqni e’zozlash va qadrlash, davlat bayrog‘idan foydalanish va unga hurmat ko‘rsatish qoidalari haqida keng ma’lumotlar berilmoqda.
Institutda “Kelajak soati” rukni ostida “Ma’rifat darslari” dushanba, seshanba va chorshanba kunlari barcha akademik guruhlar kesimida o‘tkaziladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
