18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ hisoblanadi. Zero, u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida aks ettirgan Vatanimizning yorqin siymosidir.

Bu yil mustaqil “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga 34 yil to‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan davlat bayrog‘i – davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, u yer kurrasining mazkur hududlarida mustaqil O‘zbekiston davlati mavjudligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassam etadi.

Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga tashriflari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil Vatanimizni ifoda etmoqda.

Bugungi bayram bilan butun xalqimizni institut rektorati va mehnat jamoasi nomidan tabriklaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.