Ellikqal’a fakultetida bayram tadbiri tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida “Milliy g‘ururimiz ramzi – muqaddas bayrog‘imiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda davlatimiz bayrog‘ining yaratilish tarixi, unda mujassamlangan rang va ramzlarning ma’nosi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Bayram tadbirida ustozlar va iqtidorli talabalar chiqish qilib, bayrog‘imiz nafaqat mustaqilligimiz belgisi, balki millat sifatidagi birdamligimiz, tinch va farovon hayotga bo‘lgan intilishimiz timsoli ekanini alohida ta’kidladilar.
Tadbir davomida bayroqqa bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ijro qilinib, videoroliklar namoyish etildi. Bu orqali ishtirokchilarda yurtga muhabbat va iftixor tuyg‘usi yanada kuchaydi.
