NukusDPI talaba erkaklar voleybol jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining final bosqichida ishtirok etmoqda

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 17-20-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol bo‘yicha davom etayotgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan talabalar ishtirok etmoqda.

E’tiborli jihati, final bosqichida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining talaba erkaklar voleybol jamoasi ham munosib ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Jamoamiz a’zolariga musobaqada omad tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.