“Eng faol yil talabasi” respublika tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan 2-, 3- va 4-kurs talabalari orasida “Eng faol yil talabasi” respublika tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Jami 7 nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovga 80 ga yaqin talaba-yoshlardan hujjatlar kelib tushdi.
Tanlovning ochilish tadbirida institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovning belgilangan nizom talablari asosida o‘tishi, shuningdek, talabalarning mehnatlari adolatli baholanishini ta’minlash maqsadida tashkilotchilar tomonidan hakamlar hay’ati a’zolari tasdiqlandi.
Hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkazib, ularning hujjatlarini o‘rganib chiqdi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
