O‘zbekiston – Germaniya birinchi ta’lim forumi NukusDPI uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi

Germaniya Federativ Respublikasi poytaxti Berlin shahrida O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi ta’lim forumi tashkil etildi.

Forum doirasida ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 60 dan ortiq shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Ahamiyatlisi, xalqaro forumda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Quanishbay Seytnazarov ishtirok etib, Germaniyaning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Buning natijasida forum doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va Hochschule Zittau/Görlitz universiteti o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

NukusDPI matbuot xizmati.