Aniq fanlar fakultetida kiberjinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda institut profilaktika inspektori Miyrigul Narimbetova, fakultet dekani o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, ularning oldini olishda huquqiy ong va madaniyatning o‘rni haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, kiberjinoyatlarning zamonaviy ko‘rinishlari, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.