Diqqat, diqqat! NukusDPIda talabalar o‘rtasida “Konstitutsiya olimpiadasi” o‘tkaziladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning asosiy prinsiplari va qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirishni rag‘batlantirish, hayotda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishda Bosh Qomusimizning ahamiyati va rolini tushunib olishlariga munosib sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 28-noyabr kuni “Konstitutsiya olimpiadasi” o‘tkazilishini e’lon qilamiz.
“Konstitutsiya olimpiadasi” 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – Test sinovi;
2-bosqich – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bo‘lim, bob va moddalari bo‘yicha ijodiy ish.
G‘olib va sovrindorlar institut rektorati tomonidan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limidan olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: +998906533178
“Konstitutsiya olimpiadasi”
O‘tkazilish vaqti: 2025-yil 28-noyabr soat 14:00;
Manzil: NukusDPI bosh binosi, 4-qavat 427-auditoriya.
“Konstitutsiya olimpiadasi”ning NIZOMI
NukusDPI matbuot xizmati.