Institut jamoasi va talabalari xayriya tadbirlarini tashkil etdi

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Toza shahar” aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari tomonidan ijtimoiy hamjihatlik va mehr-oqibat an’analarini yanada mustahkamlash maqsadida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Ushbu ezgu tashabbus doirasida talaba-yoshlar mahallalarda yashovchi yolg‘iz keksalarning holidan xabar olib, ularning uy va uning atrofidagi ishlarni bajarishga ko‘maklashdi.

Tadbir davomida talabalar uy atrofini tartibga keltirish, tozalash, chiqindilarni olib tashlash kabi ishlarni bajarib, keksalar bilan suhbatlashdi va ularning duo-fotihalarini oldi.

Ushbu aksiya keksalar uchun qulaylik yaratibgina qolmay, talabalarda mehr-oqibat, mas’uliyat tuyg‘ularini kuchaytirib, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar kelgusida ham davom etadi.