Institutda “Matonatli Maryam” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyida, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida 25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan 16 kunlik global aksiya doirasida “Matonatli Maryam” badiiy-publitsistik filmining umumxalq premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining majlislar zalida tashkil etilgan premyeraga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
O‘zbekiston kinematografiya agentligi tomonidan yaratilgan ushbu film o‘zbek ayolining jasorati timsoli – ma’rifatparvar jurnalist va hamshira Maryam Sultonmurodova hayotiga bag‘ishlangan.
NukusDPI matbuot xizmati.
