Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, kundalik hayotda uchraydigan iqtisodiy jarayonlarni to‘g‘ri tushunish va moliyaviy qarorlarni ongli ravishda qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Abdurahmon Raupov, German Sparkassenstiftung tashkiloti xodimi Liya Grauberger, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Alisher Yusupov, institutning mas’ul mutaxassislari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.
O‘quv seminarida soha mutaxassislari tomonidan iste’molchilarning asosiy huquqlari, sifatli mahsulot va xizmatni tanlash mezonlari, shartnoma munosabatlarida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, firibgarlik va noqonuniy moliyaviy operatsiyalarning oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
