Doktorantura (DSc) mutaxassisliklari va mustaqil izlanuvchilikka qabul imtihoni bo‘lib o‘tdi

Bugun, 26-noyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-yil uchun doktorantura (DSc) mutaxassisliklari, shuningdek, doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Quanishbay Seytnazarov ishtirok etib, hujjat topshirgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat imtihoni belgilangan komissiya a’zolari tomonidan o‘tkazildi.

NukusDPI matbuot xizmati.