27-noyabr – Berdaq G‘arg‘aboy o‘g‘li dunyoga kelgan kun

27-noyabr yurtimizda qoraqalpoq klassik shoiri, o‘z she’rlarida doimo xalqning g‘am-tashvishlarini kuylagan, baxtli turmushni orzu qilgan buyuk so‘z zargari Berdaq (Berdimurat) G‘arg‘aboy o‘g‘li dunyoga kelgan kun sifatida keng tarzda nishonlanadi.

Siz suratda ko‘rib turgan 1977-yil 28-iyun kuni chiqarilgan tarixiy hujjatda Nukus shahrida Berdaq G‘arg‘aboy o‘g‘lining haykalini o‘rnatish haqida so‘z yuritilgan.

Ushbu tarixiy hujjat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondida (fond NoR-322) saqlanmoqda.