Tayanch doktorantura (PhD) mutaxassisliklariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-noyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlariga, xususan, tayanch doktorantura (PhD) mutaxassisliklariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Quanishbay Seytnazarov, rektor maslahatchisi G‘ulomjon Ibadullayev ishtirok etib, imtihonlarning shaffofligi va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi va barcha talabgorlarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Imtihonlarni belgilangan talablar asosida o‘tkazish maqsadida maxsus mutaxassislardan iborat komissiya a’zolari tuzilib, tegishli amaliy ishlar olib borildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
