“Ona tilim – iftixorim!” mavzusidagi bayram kechasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Filologiya fakulteti “Kitobxon” to‘garagi a’zolari tomonidan 1-dekabr – Qoraqalpoq tili bayrami kuni va qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bag‘ishlangan “Ona tilim – iftixorim!” mavzusida bayram kechasi tashkil etildi.
Kechada axborot-resurs markazi xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva, institutning qoraqalpoq tili kafedrasi dotsenti Yesbergen Allanazarov, Filologiya fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar qoraqalpoq tilining jahon tillari qatoridagi o‘rni, davlat tili maqomining berilish tarixi, ilmiy jihatdan o‘rganilishi, hozirgi vaqtda qoraqalpoq tilining qo‘llanilish darajasini rivojlantirish, kelajak avlodlarga yetkazib berish yo‘nalishidagi amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.
Bayram kechasi iqtidorli talaba-yoshlar ijrosidagi badiiy-adabiy bo‘lim bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
