Qoraqalpoq tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tanlov tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida 1-dekabr – Qoraqalpoq tili bayrami kuni va qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bag‘ishlangan “Ona tilim – faxrim” mavzusidagi tanlov tashkil etildi.

Tanlovda qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabalari ishtirok etdi.

“Salomnoma”, “Qoraqalpoq tilshunosligi bo‘yicha savol-javob”, “Sahna ko‘rinishi”, “Erkin mavzu” kabi shartlar asosida o‘tkazilgan tanlovda talabalarning har bir chiqishini hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordi va g‘oliblar hamda sovrindorlar aniqlandi.

Albatta, bunday tanlovlar talaba-yoshlar o‘rtasida qoraqalpoq tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirish bilan birga ularning egallagan bilimlarini baholashga zamin yaratadi.

NukusDPI matbuot xizmati.