Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan sovg‘alar topshirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan sovg‘alarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov so‘zga chiqib, mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida xalqimiz, jumladan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan insonlarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir doirasida institutda o‘z vazifasini sharaf bilan bajarib, samarali faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, pedagog va mutaxassis xodimlarga kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
