Ta’ziya

Taniqli pedagog, tilshunos olim, fidoyi ustoz, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Xoshanov Bazarbay Xoshanovich shu yilning 4-dekabr kuni hayotdan ko‘z yumdi.

Bazarbay Xoshanov o‘z hayotini ilm-fan va ma’rifatga xizmat qilishga bag‘ishladi. Ko‘p yillik o‘qituvchilik tajribasi, tilni chuqur bilishi va filologiyaga bo‘lgan muhabbati uni kafedraning eng hurmatli mutaxassislaridan biriga aylantirdi. Ilmli tilshunos va e’tiborli ustoz sifatida u talabalarning qalb to‘ridan joy olib, ularning nutq madaniyati, so‘zga hurmat darajasini oshirish va kasbiy jihatdan o‘sishiga zamin yaratdi.

Hamkasblari Bazarbay Xoshanovni prinsipial, bag‘rikeng va doimo qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydigan mehribon inson sifatida xotirlashadi. Uning mehnatsevarligi, keng fikrli donishmandligi va o‘z ishiga sadoqati u bilan birga ishlagan hamkasblari va ta’lim-tarbiya olgan shogirdlariga o‘rnakdir.

Ustoz Bazarbay Xoshanovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Marhumning oila a’zolari, yaqin qarindosh-urug‘lari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorati, Filologiya fakulteti, rus tili va adabiyoti kafedrasining mehnat jamoasi.

Marhum Bazarbay Xoshanovning janozasi 6-dekabr kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi. Manzil: Nukus shahri, “May ovul” MFY Gujimli ko‘chasi 8-uy.