Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Bu yilgi Konstitutsiya bayrami mamlakatimiz bo‘ylab katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda. Yangi O‘zbekistonning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladigan Bosh Qomusimiz 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq referendumi natijasida yangi tahrirda qabul qilingan edi.
Asosiy qonunimiz o‘zining chuqur o‘ylangan tamoyillari va qoidalari bilan ajralib, mamlakatimiz taqdirini, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjatdir.
Davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari va qadriyatlarini belgilab beruvchi yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning siyosiy va huquqiy hayotida muhim voqea hisoblanib, mamlakat taraqqiyotiga yangicha turtki berdi.
Ushbu tarixiy hujjat hokimiyat institutlarini takomillashtirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va boshqaruvning demokratik tamoyillarini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni o‘zida aks ettiradi, davlatimiz oldiga muhim vazifalarni belgilab beradi.
Konstitutsiyada asosiy e’tibor inson va uning huquqlari hamda erkinliklari, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosiga shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarning kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan.
Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni barpo etishdek ulug‘ maqsadlarimizga erishishda mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasi muhim ahamiyatga ega.
Muhtaram do‘stlar!
Ko‘p millatli O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonimizning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beradigan, xalqimizning farovon hayotining kafolati hisoblangan Bosh Qomusimizning 33 yilligi qutlug‘ bo‘lsin!
Alisher Ubbiyev,
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori.