Konstitutsiya kuni bayramiga bag‘ishlangan “Targ‘ibot poyezdi” a’zolari institutga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari va faol talabalaridan tuzilgan “Targ‘ibot poyezdi” Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” shiori asosida tashkil etilgan uchrashuvda institutning faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, “Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida talabalarning huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazilib, turli interaktiv o‘yinlar, viktorinalar tashkil etildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
