“Eng faol yil talabasi” respublika tanlovining institut bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Avval xabar berganimizdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan 2-, 3- va 4-kurs talabalari o‘rtasida “Eng faol yil talabasi” respublika tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Tanlovda jami 7 nominatsiya bo‘yicha 80 ga yaqin talaba ishtirok etdi va ularning hujjatlari hamda taqdimotlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqilib, baholandi.

Shunday qilib, tanlovning institut bosqichida quyida nomlari ko‘rsatilgan talabalar g‘olib deb topildi.

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti 4-kurs talabasi Azamat Jaqsimuratov;

2-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Dinora Sobirova, Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 4-kurs talabasi Mehriban Qazaqbayeva, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Shaxsanem Nizamatdinova;

3-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti 4-kurs talabasi Umida Maxsudova, Ellikqal’a fakulteti 3-kurs talabasi Oltinoy Payzullayeva, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Lobar Yusupbayeva, Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 2-kurs talabasi Barshinay Matnazarova.

“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Azada Uzaqbergenova;

2-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Qudaybergen Jumamuratov, Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi Qademay Usanova;

3-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 4-kurs talabasi Mashhura Jumanazarova, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Maftuna Sagdatdinova, Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi Umida Saburova.

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Alfiya Amangeldiyeva;

2-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Kumisay Qizilbayeva, Aniq fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Nurislom Izmuratov;

3-o‘rin – Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Jasurbek Nurullayev, Tabiiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi Maftuna Jumaboyeva.

“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Zulqumar Shimbergenova;

2-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Mehribanu Sultanbayeva;

3-o‘rin – Ellikqal’a fakulteti 3-kurs talabasi Adhambek Madrimov.

“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha) nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Gulnara Yerlepesova;

2-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Janpolat Nurgaliyev, ushbu fakultetning 3-kurs talabasi Mahmud Tolibayev;

3-o‘rin – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 2-kurs talabasi Balxiya Daribayeva, Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Gulnaz Yedilbekova, Tarix fakulteti 4-kurs talabasi Aqilbek Dauletov.

“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi Adiba Pardaboyeva;

2-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 2-kurs talabasi Feruza Bekbauliyeva, ushbu fakultetning 2-kurs talabasi Yerpolat Sharipov;

3-o‘rin – Ellikqal’a fakultetining 4-kurs talabasi Muborak Mahmudova, ushbu fakultetning 2-kurs talabasi Zuhra Hasanbayeva.

“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Zebiniso Tairova;

2-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti 4-kurs talabasi Go‘zzal Janabayeva;

3-o‘rin – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 4-kurs talabasi Gulzada Tajiyeva.

Nominatsiyalar bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar institut rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin egasi bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari, 2-o‘rin egasi bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari va 3-o‘rin egasi bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

1-o‘rin g‘oliblari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.