9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Korrupsiya jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va ishonchni yemiradigan illatdir. U nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga, balki insonlarning huquq va erkinliklariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda halollik, ochiqlik va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, har birimiz korrupsiyaga qarshi kurashib, jamiyatimizni pok va adolatli qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
Korrupsiyaga yo‘q deymiz! Halollik – taraqqiyot garovi!
NukusDPI matbuot xizmati.