Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat – jamiyat taraqqiyotining muhim garovi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda ta’lim muassasalarining o‘rni va yoshlar ongida halollik madaniyatini shakllantirish masalalarining ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etib, ibratli tashabbuslari bilan namuna bo‘layotgan professor-o‘qituvchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar institutda halollik, ochiqlik va mas’uliyat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.