NukusDPI akademik litseyining o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi aniq fanlar yo‘nalishining 2-bosqich o‘quvchisi Gulzada Reyimnazarova ingliz tilidan C1, shuningdek, matematika, o‘zbek tili va adabiyoti, tarix fanlaridan milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lib, tengdoshlaridan oldin talaba bo‘ldi.
Albatta, bunda Gulzadaning o‘qishga, bilim olishga bo‘lgan intilishi bilan birga akademik litsey o‘qituvchilarining bergan bilim va ko‘nikmalarining o‘rni alohida hisoblanadi.