Yoshlar yetakchilari ijara uylarda yashayotgan talabalar holidan xabar oldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov fakultetlarning yoshlar yetakchilari va faol talaba-yoshlar bilan birga ijara uylarda yashovchi talabalarning holidan xabar oldi.
Yoshlar yetakchilari talabalar bilan suhbatlashib, ijara shartnomalarini tuzish orqali ijara to‘lovining yarmini qoplab berish tartibi, shuningdek, ijara uylarida yurish-turish va yong‘in, elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.
Institutda shu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.
