NukusDPI “Ziyoli yoshlar” jamoasi “Intellektual olimpiada”da ishtirok etmoqda

Bugun, 15-dekabr kuni Toshkent shahrida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Intellektual olimpiada” doirasida “Breyn-ring” o‘yinining dastlabki saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Ziyoli yoshlar” jamoasi “H” guruhida ishtirok etmoqda.

Institut jamoasi a’zolariga “Intellektual olimpiada”da omad tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.