Milliy qo‘biz va qora uyning YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishi – muhim tarixiy voqea

Xabaringiz bor, shu yilning 8-13-dekabr kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi XX sessiyasida qoraqalpoq xalqining “Qo‘biz yasash va ijrochilik san’ati” YUNESKOning nomoddiy madaniy merosini zudlik bilan muhofaza qilish ro‘yxatiga, shuningdek, xalqimizning milliy “Qorauy”i YUNESKOning nomoddiy madaniy merosining REPREZENTATIV ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlari ishtirokidagi uchrashuvda ushbu muhim voqealar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, institutning musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti Ayapbergen Allanov, axborot-resurs markazi direktori Gulayim Jiyemuratova, tyutor Guljahan Artikovalar hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifida berilgan topshiriqlar doirasida qoraqalpoq xalqining asrlar davomida yetib kelgan bebaho madaniy merosini asrab-avaylash, uni yangi bosqichga olib chiqish va dunyo miqyosida keng targ‘ib qilishga qaratilayotgan alohida e’tibor haqida ma’lumotlar berdi.
Ushbu tarixiy voqealarning ahamiyati haqida fikr almashuvlar davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
