Soha mutaxassislari bilan yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish hamda sog‘lom avlodni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Nukus shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z.Dauletnazarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo‘limi boshlig‘i K.Nuratdinov, institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Bekchanova, xotin-qizlar profilaktika inspektori M.Narimbetova, fakultet dekani o‘rinbosari X.Yesemuratov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy bilim va tibbiy savodxonligini oshirish orqali salbiy holatlar, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishning ahamiyati tushuntirildi.

Ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, mavzu bo‘yicha foydali tavsiyalar bildirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.