NukusDPI talabasi Otabek Amatov V yoshlar para Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘ldi

Joriy yilning 7-14-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida V yoshlar para Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Quvonarlisi, musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi Otabek Amatov para taekvondo bo‘yicha 80 kilogramm vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egallab, para Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Para Osiyo o‘yinlarida yuqori natijaga erishgan institutimiz talabasi Otabek Amatovni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.