NukusDPI talabasi Nurjan Bayniyazov “Intellektual olimpiada”ning “Shaxsiy o‘yin” musobaqasida yarim finalga chiqdi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Intellektual olimpiada”ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 17-dekabr kuni “Shaxsiy o‘yin” intellektual musobaqasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetining 4-kurs talabasi Nurjan Bayniyazov o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab, chorak finalga chiqdi.
Chorak finalda yirik hisobda ortda qolishiga qaramay eng so‘nggi mavzuda +120 ochko bilan yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, institutimiz talabasi Nurjan Bayniyazov shu yilning may oyida o‘tkazilgan “Intellektual haftalik”da “Shaxsiy o‘yin” musobaqasida finalga qadar yetib borgan edi.
Nurjanga yarim finalda omad tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.