Aniq fanlar fakultetida “Kvant 125 yoshda” mavzusida bayram kechasi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti fizika kafedrasi tashabbusi bilan “Kvant 125 yoshda” mavzusida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Kechani tashkil etishdan maqsad kvant fizikasining rivojlanish tarixi, uning zamonaviy fan va texnologiyada tutgan o‘rnini namoyon etish va talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.

Tadbirda dastlab fizika kafedrasi o‘qituvchisi G.Matqurbanova kvant nazariyasining paydo bo‘lishi, 125 yillik rivojlanish yo‘li, taniqli fizik olimlarning fanga qo‘shgan hissasi haqida ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng bayram kechasi fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari ijrosidagi “Mikro olamga sayohat” mavzusidagi chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar bilan davom etdi.

Faol ishtirok etgan talabalar tadbir yakunida fakultet dekanati tomonidan rag‘batlantirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.