Diqqat, diqqat! NukusDPIda “Hurmat siri nimada?” mavzusidagi disput bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 24-dekabr kuni soat 11:00 da Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 4-son o‘quv binosidagi majlislar zalida professor Arzi Pazilov tashkilotchiligida “Hurmat siri nimada?” mavzusidagi disput bo‘lib o‘tishini e’lon qilamiz.
Disputga qiziquvchi barcha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talaba-yoshlarni taklif etamiz.
NukusDPI 4-son o‘quv binosi
2025-yil 24-dekabr
Soat 11:00