Korrupsiyasiz ta’lim – adolatli kelajak poydevori

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida “Korrupsiyasiz ta’lim – adolatli kelajak poydevori” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda fakultet dekani Qarjaubay Reymov, institutning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi bosh mutaxassisi Gulistan Dalibayeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, ta’lim jarayonida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimida ochiqlikni ta’minlash, talabalarning huquq va majburiyatlari, baholash jarayonlarining adolatli tashkil etilishi hamda har bir yoshning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va takliflar ochiq muhokama qilinib, mas’ullar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
