Fakultetlarda yil sarhisobi va yangi yilga bag‘ishlangan bayram kechalari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda fakultet dekanlari tomonidan yil davomida erishilgan natijalar, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ilmiy va innovatsion loyihalar, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, faol professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan yoshlar taqdirlandi.

Yangi yil bayrami tadbirlari madaniy dasturlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiq va raqslar hamda ijodiy chiqishlar bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.