NukusDPI talabalari sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishdi

Toshkent shahrida para taekvondo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati musobaqasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi Otabek Amatov 80 kilogramm vaznda 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabasi Dina Usenbayeva sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida U21 toifasida faxrli 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 18 yoshdan yuqori xotin-qizlar o‘rtasida 2-o‘rinni egalladi.
Sportning regbi-7 turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi U19 musobaqasida respublikamiz terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalari Aziza Qadirbergenova va Tazaxan O‘mirzaqovalar musobaqada 2-o‘rinni egallab, kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
Institutimiz talabalarini respublika sport musobaqalaridagi yutuqlari bilan tabriklaymiz.

Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0x8c97c7da

??????????????????????????????????????????????????????????
