O‘qishini koʻchirish va qayta tiklash niyatida bo‘lgan talabalar e’tiboriga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2025-2026-o‘quv yilida o‘qishini koʻchirish va qayta tiklash niyatida bo‘lgan institut talabalari uchun 2026-yilning 10-yanvardan 20-yanvar (20-yanvar kuni ham) kunigacha arizalar qabul qilinishini ma’lum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.

Oliy taʼlim tashkilotlariga talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti – transfer.edu.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan – my.gov.uz biri orqali 2026-yilning bahorgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin – 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

Talabalar oʻqishini koʻchirishda faqat 2 ta uzrli sababi bor talabalarga ruxsat beriladi:

1) Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;

2) Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish bahorgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin 21-yanvardan 10-fevralgacha (10-fevral kuni ham) amalga oshiriladi.

Oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash istagini bildirgan talabalar elektron platformaga oʻzining shaxsiy identifikatsiya maʼlumotlarini kiritadi va oʻziga tegishli quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

1) Akademik maʼlumotnoma yoki transkriptning nusxasi;

2) Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi;

3) Turmush qurganligi to‘gʻrisidagi guvohnoma.

Muhim eslatma:

– Bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi;
– Ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan maʼlumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborishdan oldin diqqat bilan tekshirib chiqish soʻraladi. Sababi, ariza yuborilgandan soʻng uni tahrirlash imkoni mavjud emas.

Talabalarning murojaatlari institutning bosh binosidagi 115-xonada qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefonlar:

+998612294068

+998612294071