NukusDPI talabasi Zilola Allakova “Raqamli avlod qizlari” tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanma oldi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qizlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini yanada oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ilg‘or g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yildan buyon “Digital Generation Girls” (“Raqamli avlod qizlari”) tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 6-7-yanvar kunlari poytaxtimiz Nukus shahrida tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 21-30 yosh toifasi bo‘yicha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti matematika va informatika kechki ta’lim yo‘nalishi talabasi Zilola Allakova qandli diabet va tuberkulyozning yosharishini erta oldini olishga yo‘naltirilgan startap loyihasi bilan qatnashib, faxrli 2-o‘rinni egalladi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yashil iqtisodiyot, sun’iy intellekt, iqlim o‘zgarishi va ta’lim kabi yo‘nalishlarda o‘tkaziladigan “Raqamli avlod qizlari” tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar xorijga ta’lim safariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Shuningdek, eng yaxshi 10 ta loyiha amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etiladi.

Institutimiz talabasi Zilola Allakovaga respublika bosqichida yuqori natijalarga erishishini tilaymiz.

NukusDPI matbuot xizmati.