Tyutorlarning ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi faoliyati natijalari va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tyutorlar tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlarning yakunlari va 2026-yil uchun belgilangan vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

Bugun, 9-yanvar kuni dastlab Filologiya fakulteti tyutorlarining taqdimoti tashkil etildi. Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov, rektor maslahatchisi G‘ulomjon Ibodullayev, tegishli mutasaddilar va dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida tyutorlar tomonidan 2025-yil davomida talabalarning o‘qishga qiziqishini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash faoliyati, yotoqxona, ijara uylaridan xabar olish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va muammolariga yechim topish kabi yo‘nalishlarda erishilgan natijalar tahlil qilindi.

Tadbirda tyutorlarning fikr-mulohazalari asosida 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar va rejalar ham belgilab olindi. Xususan, talabalarning bilimini oshirish, tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etish, raqamli monitoring mexanizmlarini joriy etish, ota-ona – tyutor – talaba hamkorligini kuchaytirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish va ularning huquqiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Taqdimot tadbirlari fakultetlar kesimida davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.