Tyutorlar tomonidan bajarilgan ishlar taqdimotlari o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tyutorlar tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlarning yakunlari va 2026-yil uchun belgilangan vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
9-yanvar kunining ikkinchi yarmida Aniq fanlar, shuningdek, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari tyutorlarining taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimot davomida tyutorlar tomonidan 2025-yil davomida talabalarning o‘qishga qiziqishini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash faoliyati, yotoqxona, ijara uylaridan xabar olish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va muammolariga yechim topish kabi yo‘nalishlarda erishilgan natijalar tahlil qilindi.
NukusDPI matbuot xizmati.
