Institutda semestr yakuni bo‘yicha yakuniy imtihonlar boshlandi

Bugun, 12-yanvar kunidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili kuzgi semestri yakuni bo‘yicha talabalarning bilimini baholash maqsadida tegishli fanlardan yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.

Belgilangan jadval asosida o‘tkazilayotgan imtihonlarda bilim va ko‘nikmalarni adolatli baholash, shaffoflikni ta’minlash va qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Institut rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan jarayon doimiy monitoring qilinmoqda. Yakuniy imtihonlar talabalarning semestr davomida olgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashda muhim hisoblanadi.

Imtihonlarida barcha talabalarga omad tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.