NukusDPI jamoasi “Motamsaro ona” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun poytaxtimiz Nukus shahridagi “Motamsaro ona” yodgorligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi, huquqni muhofaza qilish organlari, oliy ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yodgorlikka gulchambarlar qo‘ydi.

Tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti mehnat jamoasi va talaba-yoshlari ham ishtirok etib, Vatanimizning tinchligi va osoyishtaligi, farovon hayoti uchun jonini fido qilgan qahramonlarimiz ruhiga hurmat bajo keltirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.